kamol
bilan ulashing
1. Har jihatdan toʻkislik; mukammallik, yetuklik.
-
Kamtarga — kamol, manmanga — zavol. Maqol
-
Yetimlik ayb emas, inson uchun fazl-u kamol lozim. A.Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Bular ikkalasiyam kamtarlik kamol keltirishini bilishadi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
dunyoviy ilmga oshna etadigan maktablar ochib, farzandlarimizning kamolini tilasak. S.Siyoyev, Avaz
2. Kamol (erkaklar ismi).
kamol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kamol top(ing) yoki kamolga yet(ing)
-
Kamol top, uka! Koʻnglingga kelmasin-u, Boʻtavoy, aql yoshda emas, boshda, degan odam bilib aytgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Kamol toping! — dedi Hasan soʻfi xursand boʻlib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
Kamol topmoq
-
Kamol topar odamzod, oʻyishgani haq boʻlsa. T. Sulaymon
-
Garchand sochga qoʻndi bemahal qirov, Chiroying, irodang topoldi kamol. Zulfiya
KAMOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАМОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kamol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar