kamina
bilan ulashing
1. yuq. usl. Kamtarlik yoki odob yuzasidan men soʻzi oʻrnida ishlatiladi.
-
Bu maqola kaminaniki. Kaminaning sizga boʻlgan hurmati gʻoyat samimiy.
-
Kamina ham suhbatlaringizni sogʻinganman. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Xullas kalom, u mahalda kamina endigina institutni bitirib, yoshlar gazetasiga ishga kirganman. O. Yoqubov, Izlayman
-
Aslida kamina yozish uchun tugʻilgan ekanman Hayotim, ijodim, yozuvlarimning bulogʻi sensan, azizim. Shu buloqni musaffo saqlagin. Guliston
2. eskirgan Sodiq xizmatkor, qul.
-
[Salimxoʻja:] Kaminangiz bir oʻzimman, qiyinchiliklarning qurboniman, xonim, ha, qurboniman. A. Muxtor, Opa-singillar
-
[Ellikboshi:] Kamina sizning iltimosingizni yerda qoldirishdan koʻra har qanday mashaqqatni oʻz zimmasiga olishni aʼlo koʻradi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Xiva xonining saroyida ham kaminaning koʻz-quloqlari bor. Sh. Tosh matov, Erk qushi.
KAMINA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАМИНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kamina so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar