kamlik
bilan ulashing
1. Kam holat, kam miqdorda boʻlish.
-
Aholining kamligi. Yogʻin-sochinning kamligi.
-
Yoʻq, otaxon, domla bu gaplarni ilmi kamligidan aytgan emasdir. Ilmda ham bor. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Yetishmovchilik, kamchilik; moddiy qiyinchilik, muhtojlik.
-
Uning hech narsadan kamligi yoʻq.
kamlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kamlik koʻrmoq (yoki tortmoq)
-
Sendagi doʻstlik mehri Doʻstlaringga ziyoda, Sen bilan birga boʻlgan Kamlik koʻrmas dunyoda. Gʻayratiy
-
Nima boʻlsa ham shular oliy maʼlumot olsin, el-yurtga qoʻshilsin — kamlik tortmaydi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
Kamlik qilmoq
-
Shahardan olayotgan shuncha daromading kamlik qiliptimiki, endi qishloqqa qarab tamshanasan, bachchagʻar! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Goho, juda alam oʻtganda, sevishning oʻzi baxtli boʻlishga kamlik qilarkan deb afsuslanadi Yorqinoy. R. Rahmon, Mehr koʻzda
KAMLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАМЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
KAMLIK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan KAMLIK so‘ziga berilgan ma’nolar
kamlik so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
kamlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing