kamsit
bilan ulashing
1. Qadr-qiymatini pastga tushirmoq; past, arzimas, aybli qilib koʻrsatmoq, yerga urmoq.
-
Birovni ikkinchi bir odam oldida har xil mazax gaplar bilan kamsitish uning [Arabboyning] eng yaxshi koʻrgan odatlaridan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
[Yusufbek hoji:] Mendan soʻrasang, Margʻilondagi na qudamiz va na kelinimizni hech bir vaj bilan kamsita olmaymiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Kamaytirmoq, buzmoq.
-
Bu oʻzgarishlar uning [Kumushning] husnini, latofatini bir zarra ham kamsitmadi, balki oʻn qayta oshirgan edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Huquqini cheklamoq, teng huquqlilikdan mahrum qilmoq.
KAMSIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАМСИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kamsit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar