kapalak
bilan ulashing
Ikki juft oq, kulrang yoki rang-barang qanotli nozik hasharot.
-
Kapalak gulni sogʻinar, bulbul — kuyni. Maqol
-
Rayhonlar qad koʻtarib, hid sochdi, birin-ketin ochilgan rang-barang gullar usti-da kapalaklar qanot qoqa boshladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
kapalak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kapalagi uchmoq
-
Ertasiga ot ogʻrib qolsa boʻladimi! Kapalagim uchib ketdi. Oybek, Qutlugʻ qon
-
Erkaligi ham mayliga-ya, buyruqni yomon koʻrishadi, sal gapga kapalaklari uchadi. Oydin, Yuragida oʻti bor
KAPALAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАПАЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kapalak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar