kasb
bilan ulashing
1. Ish-faoliyatning maʼlum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror turi, sohasi; hunar.
-
Bu kishi oʻzlari hosilot, kasblari agronom, kechki maktabda muallimlik ham qiladilar. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Hayotda shunday odamlar boʻladiki, ular butun umrlarini faqat bir ishga, biron kasbga bogʻlaydilar. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
2. Umuman, odat qilingan ish; odat.
-
Molning tilini bilish ham oʻziga yarasha kasb ekan. Oʻ. Umarbekov, Shonli avlod
-
Foydaxoʻrlik — tan-suyagingizga singib ketgan kasbingiz. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Xotinini qoʻshib, amal olish — u sizning kasbingiz, mingboshi! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
kasb soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kasb etmoq
-
Ahamiyat kasb etmoq. Daraxtlar oydinda ajoyib bir manzara kasb etmoqda.
-
Favqulodda dahshat kasb etgan uning [Otabekning] koʻzlari qarshisida qoʻrboshining gunohkor koʻzlari chiday olmadilar-da, yerga boqdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻyin ham bir turli nazokat kasb etib, Gulsumbibi yoʻrgʻalay ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Kasb qilmoq
-
Maxdum bir necha haftadan beri bu hunarni oʻziga kasb qilib olgan, Anvar ariza va kengashdan bir pul ishlamagan kunlarda, u necha tangalarni yoʻlakda oʻtirib topar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
U [Qurbonov] bir necha yildan buyon Ashxabod, Boku, Tbilisi shaharlariga safar qilib, hamyon toʻldirishni kasb qilib oldi. Mushtum
KASB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАСБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kasb so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar