kerak
bilan ulashing
1. Talab-ehtiyoj bor, darkor, zarur.
-
Joy kerak. Oziq-ovqat kerak. Kitob kerak.
-
Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak. Maqol
-
Tuya
-
yantoq kerak boʻlsa, boʻynini choʻzadi. Maqol
-
Qishloqdagilarni boqish uchun pul kerak, kiyim kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Agar odam, odam bolasiga oʻxshab umr kechiraman desa, unga koʻp narsa kerak boʻlar ekan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Yordamchi soʻz vazifasida
3. 1) feʼlning -(i)sh qoʻshimchali shakliga birikib, tasviriy shaklni hosil qiladi va oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan harakatni bajarish lozim boʻlgan harakat ekanligi maʼnosini bildiradi.
-
Aytishim kerak. Xabar olish kerak. Dam olish kerak.
-
Hozirgi kunda ilm-fanning biror yoʻnalishida yetuk mutaxassis boʻlish uchun fanning boshqa yoʻnalishlarini ham chuqur bilish kerak. Gazetadan
-
Yoshlar ulamolar oldida adab saqlashlari kerak. Oybek, Tanlangan asarlar;
4. 2) feʼlning shart mayli shakli bilan birikib, gumon, taxmin, ehtimollik maʼnosini bildiradi.
-
Kelsa kerak. Bilsa kerak. Aytsa kerak. Chiroyli boʻlsa kerak. Shirin boʻlsa kerak.
-
U, Charosning onasi jahl ustida shu ishni qilgan boʻlsa kerak, deb oʻylagandi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
KERAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kerak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar