kirish
bilan ulashing
1. Kirmoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Oʻquvchilar sinfga kirishdi.
-
Bular talay yergacha emaklab, talay yergacha bagʻirlab borgandan soʻng, butazorga kirishdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. Biror ish-harakatni bajarishga boshlamoq.
-
Bu ishga yaqinda kirishdik. Oʻqishga astoydil kirishdi.
-
Otabek ortiq chidab turolmadi-da, roʻmoli bilan koʻzini yashirib, yigʻlamoqqa kirishdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Men tugʻilgan fikrni darhol yozishga kirishmayman. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
3. Kishilar bilan yaqin munosabatga oʻtmoq, aralashib, qoʻshilib ketmoq.
-
U [Saidiy] birmuncha Sharif singari tanishlar orttirdi, ammo bular bilan kirishib ketolmas, bu yangi doirada oʻzini musofirday sezar edi. A. Qahhor, Sarob
-
Uning qizi Gulnor, oshpaz Anorboylar ham kolxoz hayotiga kirishib ketishadi. Mushtum
4. Bir-biriga tutashmoq, yopishmoq.
-
Gʻoʻza oʻsib ketibdi. Shoxi shoxiga kirishib ketibdi. I. Rahim, Ixlos
-
Tishlari tushib, jagʻi jagʻiga kirishib ketgan katta buvisi hassasini taq etkizib urdi-yu basharasini tirishtirib shanqiy boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
U yoʻl-yoʻl galstugini tortibroq qoʻygan edi, koʻylagining keng yoqasi bir-biriga kirishib, galstugining tuguni koʻrinmay qoldi. S. Anorboyev, Mehr
5. Issiq, sovuq yoki nam taʼsirida qisqarmoq (mato haqida).
-
Hozir yuvganda kirishmaydigan, dazmol qilinmaydigan, kiyish uchun qulay matolarning xili koʻp. Gazetadan
6. Belgilangan maqsaddan boshqa narsaga sarf boʻlmoq (pul, mablagʻ haqida).
-
Sayohatga atalgan pul uy remontiga kirishib ketdi. Sening oʻn soʻming menga kirishdi.
KIRISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИРИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kirish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan KIRISH so‘ziga berilgan ma’nolar
kirish so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar