ko‘k
bilan ulashing
1. Tiniq osmon rangidagi; moviy, zangori.
-
Koʻk koʻz. Koʻk boʻyoq.
-
Qoʻlimizda tovlanar jajji-jajji bayroqlar, Osmonda koʻk, qizil shar yengil uchib oʻynoqlar. I. Muslim.
2. Kul rangidagi, kulrang.
-
Koʻk boʻri. Koʻk kaptar.
-
Qamchi koʻk ot bilan saman toyni yetaklab, daryo tomonga ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. so‘zlashuv tili Yashil, sabza.
-
Koʻk oʻt.
-
Qarshimda tebranar koʻk barglar har on Yu, Hamdam
4. Yer ustida gumbaz shaklida koʻrinib turadigan havo qatlami; osmon.
-
Enkayganga enkaygin, boshing yerga tekkuncha, Kekkayganga kekkaygin, boshing koʻkka yetguncha. Maqol
-
Martning oxirgi kunlari. Koʻk yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti. A. Qahhor, Ming bir jon
5. Oʻsayotgan oʻt-oʻsimlik, oʻt-oʻlan; maysa, koʻkat.
-
Yomgʻirlar yogʻib, yerda oʻt-oʻlanlar koʻrina boshladi, hayvonlarning ogʻzi koʻkka tegdi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Mening brigadamga qarashli yerdan uch gektariga Misr paxta ekdim. Koʻki juda yaxshi. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
6. Bahorda yangi chiqqan, somsa, chuchvara kabi ovqatlarga ishlatiladigan otquloq, yoʻngʻichqa, jagʻjagʻ, ismaloq kabi koʻkatlarning umumiy nomi va shunday koʻkatlar qoʻshib tayyorlangan ovqat.
-
Koʻk somsa. Koʻk shoʻrva.
-
Koʻk terish bahonasi bilan dalalarni tusay boshlagan edi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
7. Kashnich, janbil, ukrop kabi ovqatga qoʻshib yeyiladigan rezavor oʻsimliklar, koʻkat.
-
Koʻk solib qatiqlangan mastavaning lazzatli hidi keldi. A. Muxtor, Opa-singillar
8. so‘zlashuv tili (3-sh. birl. shaklida — koʻki) Dollar.
-
Bir pachka koʻki bilan qoʻlga tushibdi, ish chatoq.
ko‘k soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻk somsa
Boshi koʻkka yetdi
Yer-u koʻkka ishonmaslik
-
Qizim bechora uni [Yodgorani] yerga ham, koʻkka ham ishonmaydi. E. Raimov, Ajab qishloq
Kuliki koʻkka sovurmoq
Koʻkka koʻtarmoq
-
— Mushtoqman, ammo bir oz sabr et, — dedi lablaridan meva shirasini artib Ahmad Husayn. — Qani, sen hali koʻkka koʻtargan taʼlimot qaysi? Oybek, Nur qidirib
Tutuni koʻkka chiqmoq
-
Oʻzbek oyim oʻgʻlining oʻlganni ustiga chiqib tepish qabilidan boʻlgan bu harakatidan tutuni koʻkka chiqib, borliq qahr-gʻazabini eri ustiga toʻkadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
KO‘K so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘k so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar