ko‘m
bilan ulashing
1. Kovlangan yerga (chuqurcha, oʻra va shu kabilarga) joylab, ustini berkitmoq.
-
Sabzini koʻmmoq. Kartoshkani koʻmmoq.
-
Sholini kechasi otxonadan olib, boshqa yerga koʻming. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Tuproq, shagʻal, qum, tosh, kesak, xashak kabi narsalar bilan qoplab berkitmoq, koʻrinmaydigan qilib qoʻymoq.
-
Oyoqni qumga koʻmmoq. Tokni koʻmmoq. Bu joylarda anjir bilan anorni ham kuzda koʻmadilar.
-
Paxomov kartoshkalarni havas bilan bir-bir ushlab, oʻtga koʻma boshladi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Oʻlikni goʻrga qoʻymoq; dafn etmoq.
-
Sizning oʻjarligingizni deb, guldek qizimni begona shaharga ikki qoʻllab koʻmib keldim. H. Ahmar, Kim haq?
4. Chuqur joyni toʻldirmoq, yer bilan tekislamoq.
-
[Sidiqjon] Toʻlib qolgan kir oʻrani koʻmib tashlab, boshqa oʻra qazidi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bultur paxta ekkan brigada yerning namini saqlash uchun zovurni koʻmgan ekan. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
5. koʻchma Juda ortiq darajada taʼmin etmoq; toʻkib, yogʻdirib tashlamoq.
-
Ishga koʻmib yubormoq. Pulga koʻmib tashlamoq.
-
Hayitmat akaning nazarida, Hikmat domla oʻz qavmlarini hash-pash deguncha oltinga koʻmib yuborayotgandek boʻlib koʻrindi. N. Maqsudiy, Laylatulqadr
KO‘M so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘m so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar