ko‘taril
bilan ulashing
1. Koʻtarmoq feʼlining oʻzlik va majhul nisbati.
-
Parda koʻtarildi. Koʻnglim togʻdek koʻtarildi. Bemorning harorati koʻtarildi.
-
Qirq ming gaz koʻtaril, zolimning dori! Rustamxon
2. Yuqori tomonga harakatlanmoq.
-
Tomga koʻtarilmoq. Qirga koʻtarilmoq. Osmonga koʻtarilmoq.
-
Kaptarlar juda baland koʻtarilib, koʻzdan gʻoyib boʻlibdilar. Chalpak yoqqan kun
-
Ziyobek boy uyidan chiqib, yoʻngʻichqazorga kelganda, kun allaqachon botib, oy terak boʻyi koʻtarilib qolgan edi. N. Fozilov, Diydor
-
Tutun va kukun koʻkka koʻtarilib, qishloq havosini boʻgʻib qoʻygan. I. Rahim, Chin muhabbat
3. Amal-vazifa jihatdan yuqorilamoq; mansabi oshmoq, martabasi ortmoq.
-
Kamlali bola ekan, mana, oʻz ustida ishlab, koʻtarilib ketdi. Guldasta
-
Murod Nosirovich koʻtarilib ketgan boʻlsalar ham, maktabimizga tez-tez kelib turadilar. E. Raimov, Ajab qishloq
4. Kuch, daraja va shu kabilar jihatdan oshmoq.
-
Kunlar ancha uzayib qoldi, havoning harorati kun sayin koʻtarilib, borliq mavjudot jonlana boshladi. Gazetadan
-
Otlar oʻlchovli qadam tashlab ilgari bosarkan, yigitlarning goh koʻtarilib, goh pasayadigan mungli ashulalari ostida mingboshi dodhoning miyasi shu fikrlar bilan tashvishlanardi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
5. Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻz bildirgan ish-harakat, hodisaning yuz berishini, yuzaga kelishini bildiradi.
-
Kulgi koʻtarildi. Shamol koʻtarildi. Shovqin koʻtarildi.
-
Bir muddat oʻtar-oʻtmas, dashtda toʻs-toʻpolon koʻtarildi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Katta janjal koʻtarilishiga koʻzi yetib, shay boʻlib turdi. K. Yashin, Hamza
6. Ayrim soʻzlar bilan birikkanda, yoʻq boʻlmoq, tarqalmoq maʼnosini bildiradi.
-
Yodidan (xayolidan) koʻtarilmoq. Baraka koʻtarildi.
-
Yurtdan insof-adolat koʻtarilgan. Oshek, Navoiy
-
Lekin shu kunlardan boshlab Sobirning xayolidan bosh muharrirning soʻzlari koʻtarilmay qoldi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
ko‘taril soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli koʻtarilmoq
-
U kechagi farogʻatli damlarni yana esladi-yu, koʻngli koʻtarildi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
KO‘TARIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎТАРИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘taril so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar