komanda
bilan ulashing
1. harb. Komandirning rasmiy, qisqacha, ogʻzaki buyrugʻi.
-
Ular kapitanning komandasi bilan tepadagi samolyotga barcha qurollardan birdaniga, bab-baravar oʻq uzdilar. N. Safarov, Olovli izlar
-
Soʻngra polkka komanda berib, Elmurodga tashakkur eʼlon qildi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. harb. Muayyan vazifalarni bajarish uchun uch va undan ortiq kishidan tashkil etilgan kichik harbiy qism, boʻlinma.
-
Razvedkachilar komandasi. Snayperlar komandasi. Oʻt oʻchiruvchilar komandasi.
3. Kemadagi matros va komandirlar tarkibi.
-
Kreyser komandasi. Teploxod komandasi.
4. Muayyan sport turi boʻyicha birga harakat qilish uchun tuzilgan sportchilar jamoasi.
-
Voleybol komandasi. Shaxmatchilar komandasi.
-
Abduraimov yaxshi futbolchi edi, yaxshi trener boʻldi. Ancha yillar oʻzi shu komandada oʻynadi. Gazetadan
5. siyos. Biron-bir siyosiy arbob yoki mansabdor shaxs atrofida boʻlgan va uning dasturini amalga oshirishga koʻmaklashadigan yaqin kishilar guruhi.
6. Biron-bir faoliyat bilan band boʻlgan, muayyan ishni bajarayotgan ishchi guruh, jamoa.
7. maxs. Kompyuter texnikasida: kompyuter bajarishi lozim boʻlgan har qanday ish uchun ayni kompyuter (hisoblash mashinasi)ga mos mashina tilida yozilgan (berilgan) buyruq, yoʻl-yoʻriq.
KOMANDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОМАНДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
komanda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- kulliyot
- fikrlash zanjiri (Chain of Thought)
- kontekstdagi gallyutsinatsiya
- vaybkoding
- podkast
- munqariz