koptok
bilan ulashing
1. Choʻziluvchan yoki elastik materialdan ishlangan, qattiq sathga urilganda, irgʻib otiladigan shar; toʻp.
-
Futbol koptogi. Voleybol koptogi. Rezinka koptok. Bolalar koptok oʻynashmoqda.
-
Faqat koʻcha ichkarisida, yagona simyogʻoch tagidagi sayhonlikda ikki qizaloq koptok oʻynaydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Koptokka oʻxshatib oʻralgan, dumaloq oʻram (ip, kanop va shu kabilar haqida).
-
Bir koptok ip. Uch koptok ipak.
-
Rang-barang ipaklarni kalavasidan chiqarib, charxda bir-ikki tovlab oladi-da, koptok qilib oʻrab qoʻyadi. Oydin, Bechora
KOPTOK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОПТОК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
koptok so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar