kor
bilan ulashing
1. kam qoʻll. Biror maqsadda qilinadigan faoliyat, harakat, ish.
-
Endi bu koring qoʻygin, Behuda yuraring qoʻygin. Tohir va Zuhra
-
Siz qatorda norim boʻlsa, yukim yerda qolmaydi, deb yuribsiz. Gap norda emas, korda! S. Abduqahhor, Gap norda emas
2. Hojat-ehtiyoj.
-
Biror koriga ishlatmoq.
-
Shunisiga suyunamanki, oʻsha vaqtlarda yaxshigina roʻzgʻor tuzib, qoʻr-qut orttirgan ekanmiz, bari xalqning koriga yaraydi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. Toʻgʻrilash yoʻli; iloj.
-
shundoq qilsam, chakki boʻlmas. Buning kori oson. Mushtum
-
Suyangan togʻimiz oʻzingiz, opaxon, bir Korini qilmasangiz, ishkal boʻlishi turgan gap. A. Toʻlaganxoʻjayev, Chigirtkalar
kor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kori bad
-
Siz mening maktabimni yondirmadingiz, yoʻq, bolalarning dillarida oʻz kori badingiz bilan oʻzingizga nafrat oʻtlarini yondirdingiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Kori xayr
-
— Kori xayr ishi davlatga qaramaydi, ogʻayni,— pisanda qildi mulla Berdiyor, — himmatga qaraydi, himmatga. Mushtum
-
Bir-birimizga qanot-quyruq boʻlib, vaqt-soat yetganda, kori xayrga kirishamiz. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Kor joyi
-
Mollarni olib chiqib ketishdi, qiy-chuv solib, chiroq yoqib qarasak, oʻlib yotibdi. Uning kor joyiga pichoq solgan ekan. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
Kor qilmoq
-
Suv oʻtga kor qila boshladi va oradan biror soat oʻtar-oʻtmas, alanga pasaydi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Hoy, Yulduzxon, senga kulishga kuldim-u, boyadan beri oʻzimga kor qilmayapti-da. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
Kori hol
-
Mayli, jiddiy kori hol roʻy bermagan boʻlsa boʻldi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
KOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar