koyi
bilan ulashing
1. Tanbehlovchi gap, soʻz aytmoq, tanbeh bermoq, urishib qoʻymoq.
-
Ona boʻlgandan keyin vaqti kelsa — koyiydi, vaqti kelsa erkalaydi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
— Normurod aka, — dedi u, — siz ishni buzding, deb meni koyidingiz, ehtimol, bilmasdan, tajribasizlikdan buzgan boʻlsam. S. Ayniy, Qullar
2. aynan Koyinmoq.
-
Mulla Norqoʻzi bu odamning oddiy haqiqatni anglamasligidan koyidi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
-
Rahimning oʻzboshimchaligidan [Umurzoq akaning] bunchalik koyib gapirishi Qudratni yanada hushyor qildi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. kom qoʻll. Biror narsa tayyorlash uchun urinmoq, ovora boʻlmoq.
-
Yoʻlchi qishloqdan keltirgan xaltani kampirga uzatdi: — Ayam berib yubordi, qurut — Sadagʻasi ketay, — kampir xaltani ushlagisi ham kelmay, qoʻl uchi bilan tutib gapirdi, — koyib nima qilar edi bechora. Oybek, Tanlangan asarlar
KOYI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОЙИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
koyi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar