nohaq
bilan ulashing
1. Qonunga xilof, zid; gʻayriqonuniy.
-
Tunov kun unga [Oʻrmon polvonga] borib, bizning gʻallalarimizni nohaq va zoʻr bilan bosib oldilar, deb arz qilgan oyoq yalang dehqon, choʻpon va oʻtinkashlar kirib keldilar S. Ayniy, Qullar
-
Koʻngil toʻla armon, yoʻqdir darmon, Oh, har kun nohaq qurbon, mudhish qon. S. Abdulla.
2. Haqqoniy boʻlmagan, adolatsiz, notoʻgʻri.
-
Nohaq hukm. Nohaq ishga rivoj yoʻq. Maqol.
-
Nohaq ishga kuyaman Boy, kambagʻal, mulla, eshon demasdan, hammaning bolasiga bir tekis qaralsa, otamga laʼnat, oʻgʻlimni yubormasam. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mahkam nohaq gaplardan qattiq norozi boʻlib, yana yuzining qoni qocha boshladi. P. Qodirov, Uch ildiz.
3. kesim vzf. Haqli emas.
-
Kim haq, kim nohaq — aniq boʻldi. Bu masalada siz nohaqsiz.
NOHAQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОҲАҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nohaq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar