nogiron
bilan ulashing
1. Ishga yaroqsiz boʻlib qolgan, ojiz (odam yoki uning aʼzolari haqida).
-
Nogiron bola. Uning bir qoʻli nogiron.
-
Poʻlatjon nogiron oyogʻiga qarab xoʻrsinib qoʻydi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Oʻshanda u poliomiyelit kasalligiga qarshi emlash jarayonida shifokorning qoʻpol xatosi tufayli nogiron boʻlib qolgandi. Gazetadan
2. koʻchma Notoʻgʻri fikr yuritadigan, toʻgʻri fikrga ega boʻlmagan.
-
Yoshlar oʻrtasida tanballar, maʼnaviy nogironlar, noshukurlar hali ham bor. Gazetadan
3. koʻchma Yaroqsiz boʻlib qolgan, kamchiligi boʻlgan.
-
Eskirgan va yoshini yashab boʻlgan nogiron uskunalar gʻisht zavodlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga ham taʼsir qilayotganligiga chidab boʻlmaydi. Gazetadan.
4. koʻchma Yumuq, ojiz.
-
Nogiron gʻunchalar ham birin-sirin ochila boshladilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
NOGIRON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОГИРОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nogiron so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar