loyiq
bilan ulashing
1. Toʻgʻri keladigan, mos tushadigan; arziydigan; muvofiq, munosib; sazovor.
-
Maqtovga loyiq ish. U hurmatga loyiq odam. Sizga loyiq bir ish topdim.
-
Otabek xon qiziga loyiq bir yigit ekan. A. Qodiriy, Utgan kunlar
-
Tetik, ziyrak, ulugʻ, dono xaloyiq Baho bergay bilib har kimga loyiq. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Yaxshini ham koʻrdi, yomonni ham. Ichidan oʻziga loyigʻini tanlab oldi. J. Abdullaxonov, Xonadon
2. Oʻlchamiga toʻgʻri keladigan.
-
Bu etik oyogʻingizga loyiq ekan. Boʻyi boʻyimga loyiq.
-
— Oʻhoʻ! — dedi Turdiyev deraza koʻzlarini koʻrib. — Bularga loyiq oynani qayerdan topaman. I. Rahim, Tinimsiz shahar
3. Yetarli miqdorda, darajada.
-
Anvarga jabr boʻladi, deb oʻylasang, bundan keyin oʻziga loyiq, oz-oz non yopib tur. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Boy oʻzi mehnat qilishni xohlamasa, kuchiga loyiq yer, ishlab chiqarish vositalari qoldiriladigan boʻldi. N. Safarov, Olovli izlar
loyiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Loyiq koʻrmoq
-
lekin dushman Vatanimiz tup-rogʻidan haydab chiqarilmaguncha, frontdan ketishni oʻzimga loyiq koʻrmadim. O. Yoqubov, Izlayman
LOYIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛОЙИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
loyiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar