mahalla
bilan ulashing
1. Shaharning maʼlum bir hududni oʻz ichiga olgan va aholisi bir jamoaga birlashgan, oʻzini-oʻzi boshqarishga asoslangan ijtimoiy-hududiy boʻlagi.
-
Mahalla faxrlisi. Mahalla qoʻmitasi raisi. Mahalla jamgʻarmasi. Mahalla idorasi. Toshkentning Yangiobod mahallasi.
-
boy salmoqli ravishda gapira boshladi: — Alhamdulillo, hammamiz musulmonmiz, bir otaning bolalarimiz, bir mahalladamiz, tobutkashmiz, har kun bir-birimizga salom-alik qilamiz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bu ishga butun mahalla ahlini koʻtarib, oyoqqa turgʻizgan kim? Guldasta
2. Ayni bir hudud (mahalla)da yashovchilar; mahalla oqsoqollari.
-
Toʻy masalasida mahalla nima desa, shu boʻladi.
3. Mahalla kengashi va u oʻrnashgan bino; mahalla guzari.
-
Men mahallaga bir chiqib kelay-chi, nima yangilik bor ekan.
MAHALLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАҲАЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mahalla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar