majlis
bilan ulashing
1. Tashkilot, kor-xona yoki idora aʼzolarining biror masala muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishi va uning ishtirokchilari.
-
Ochiq majlis. Yopiq majlis. Partiya majlisi. Majlis oʻtkazmoq. Majlis qilmoq.
-
Bu masalani ota-onalar majlisida muhokama qilish kerak. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. eskirgan Toʻy, ziyofat yoki boshqa munosabat bilan uyushtirilgan oʻtirish va shu oʻtirish qatnashchilari.
-
Majlis Ziyo shohichining uyida Otabekning mehmondorchiligi uchun yigʻilgan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yusufbek hoji koʻtarilib, Qambar sharbatdorga qaradi va majlisni yer ostidan kuzatib chiqib, yana jim qoldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Baʼzi sharq davlatlarida (masalan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Eronda) qonun chiqaruvchi organ (parlament); hukumat hayʼati.
majlis soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qiz(lar) majlisi
-
Uyda, Kumushbibining togʻasining uyi-da, qizlar majlisi, gullar majlisi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
MAJLIS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЖЛИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
majlis so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar