maktab
bilan ulashing
1. Oʻqituvchi rahbarligida yosh avlodga savod oʻrgatib, uni maʼlumotli qiluvchi taʼlim-tarbiya muassasasi.
-
Boshlangʻich maktab. Internat maktab. Oʻrta maktab. Maktabga kirmoq. Bolani maktabga bermoq. Bolaga oila ham, maktab ham baravar tarbiya berishi, odob-axloq oʻrgatishi shart. Gazetadan
2. Kasb, hunar, ixtisos oʻrganiladigan oʻquv yurti.
-
Musiqa maktabi. Shofyorlar maktabi. Hunar maktabi.
-
Toshkent xoreografiya maktabining tashkil etilganiga ellik yil toʻldi. Saodat
3. Ilm-fan, sanʼat, adabiyot, ijtimoiy-siyosiy faoliyat sohasida biror oqim, yoʻnalish.
-
Maktab yaratmoq. Maktab yaratgan olim.
-
Hozirgi vaqtda bemalol badiiy tarjimada Oybek maktabi, Abdulla Qahhor maktabi, Mirtemir maktabi haqida gapirish mumkin. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
4. Oʻrganish, tajriba orttirish, oʻrnak olish manbai.
-
Hayot zoʻr maktab ekan, haqiqiy fikrlar vujudga kelayotir. Oybek, Nur qidirib
maktab soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oliy maktab
-
Ammo oliy maktab orzusi men uchun yolgʻiz puch xayol boʻlsa ham, undan voz kecha olmadim. Oybek, Nur qidirib
MAKTAB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАКТАБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maktab so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar