mast
bilan ulashing
1. Ichkilik yoki nasha, qoradori va shu kabilar taʼsirida kayf qilgan, kayfi bor.
-
Mast odam. Bir mastga tegma, bir — jinniga. Maqol
-
Tantiboyvachcha anchagina mast boʻlib, ogʻziga kelganini valdirashga boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hozirgina kulib turgan mast Komil birdan hoʻngrab yigʻlab yubordi-da, tili gapga kelmay gʻoʻldiradi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Jins jihatidan uygʻongan; kuyikkan.
-
Devsifat kishi., mast boʻlgan tuyaday, ogʻiz koʻpirtib kelar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
3. koʻchma Qattiq taʼsirlanib, zavqlanib kayf qilgan, nashʼaga choʻmgan.
-
Yigit shiftga qarab yotganicha, shirin orzularga mast boʻldi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
U qoʻshiq kuyladi yor shaʼniga mast, Shoʻxchan sheʼrlar aytdi sevgi nomidan. A. Oripov
MAST so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАСТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mast so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar