barkamol
bilan ulashing
1. Jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga erishgan, voyaga yetgan.
-
Boʻlgan edi bir sohibchiroy, Oy singari toʻlin, barkamol. Saodat
-
Bir Toʻlgʻonoy degan qizi bor edi, bu ham boʻyi yetib, barkamol boʻlib qolgan edi. Oysuluv
-
Malika Oqqizning shunday barkamol yigitga tegayotganidan hasad qilmasdi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
2. koʻchma Yetuklikka erishgan, kamol topgan, bekam-u koʻst, mukammal.
-
U yurakning oʻzidek hassos, Tabiatdek edi barkamol. E. Vohidov
-
Ota oʻz orzusiga erishdi — farzand barkamol zot boʻlib yetishdi. Yoshlik
-
Tabiat uni barkamol etib yaratmish: husn-u malohati-yu aql-u zakovati bir-biridan ziyoda. S. Siyoyev, Avaz
-
Mahoratimni oshirish ustida olib borilgan ijodiy izlanishlar badiiy barkamol asarlarning vujudga kelishiga omil boʻldi. N. Safarov, Olovli izlar
BARKAMOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРКАМОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
barkamol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar