barkash
bilan ulashing
1. Jez yoki misdan tayyorlanadigan va patnis oʻrnida ishlatiladigan, doira yoki toʻrtburchak shaklidagi roʻzgʻor asbobi.
-
Manzuraxon oppoq sochiq toʻshalgan barkashda qahva koʻtarib kirdi. A. Aʼzamov, Javob.
-
Qizil belbogʻli yosh yigit kirib, dasturxon yozdi, barkashda non, turli noz-neʼmatlar va uch kosa sharbat keltirib qoʻydi. M. Osim, Karvon yoʻllarida.
2. koʻchma Toʻgarak, gardish, yumaloq, doirasimon.
-
Quyoshning oltin barkashi. Oy barkashi.
-
Qip-qizil quyosh barkashi qoyalar uchlarini ham qizilga boʻyab botayotir. M. Mahmudov. Mangu kuy izlab.
-
Dengiz oʻynar oy barkashin toʻp qilib, Uning yuzi koʻrinadi sepkilli. E. Oxunova, Men tongni uygʻotdim.
-
Oʻsiq kipriklari orasidagi charos koʻzlari olov barkash — quyoshdek jozibali. A. Muhiddin, Chap choʻntak.
barkash soʻzi qatnashgan jumlalar:
Barkash-barkash
-
Shunda oʻsha moʻysafid chiqib, [boyvachchaning] oldiga barkash-barkash noz-neʼmatlar qoʻyibdi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi;
-
Govmishlar poda-poda, Barkash-barkash yelinlik. Mirtemir, Asarlar
Boshini barkash, yelkasini obkash qilmoq
-
Axir ne-ne koʻrgiliklar bilan, boshimni barkash, yelkamni obkash qilib voyaga yetkazdim. S. Siyoyev, Rayhon
BARKASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРКАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
barkash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar