to‘ziq
bilan ulashing
1. Har yon sochilgan, toʻzigan holatli, holdagi.
-
Toʻziq xas-xushlarni supurib, bir yerga toʻplamoq.
-
Bari bir, rahbar ogʻizga yaqin boʻladi. Qancha kamtar boʻlsang ham, koʻpning ogʻzida boʻlasan. Katta boʻldingmi, tuprogʻing toʻziq boʻladi, azizim. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. koʻchma Sochiq, sochilgan, boʻlingan; parishon.
-
Uning xayoli toʻziq.
3. Betartib yoyilgan, toʻzigan, toʻzgʻoq, paxmoq.
-
Qiz tol tagidan chiqib yugurgancha, oʻzini suvga otdi. Nizomjon uning orqasidan oppoq boldirlarini savalagan toʻziq sochlarini koʻrib qoldi. S. Ahmad, Ufq
4. Eskirgan, titilib ketgan.
-
Hujraning burchagida Shoqosimning uvada choponi, toʻziq koʻrpa-yostigʻi uyilgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gulnor koʻcha eshigidan hovlisiga kirarkan shipi, devorlari toʻziq ayvonga paranjisini otdi. Oybek, Tanlangan asarlar
TO‘ZIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎЗИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘ziq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar