to‘z
bilan ulashing
1. Toʻzondek har yon sochilmoq, uchmoq, toʻzgʻimoq.
-
Par toʻzib ketdi.
-
Jimjimador yaproqlaring Sargʻayib band uzmoqda. Bevatanday shamol bilan Yerda izgʻib toʻzmoqda. T. Toʻla
2. koʻchma Har yonga tarqalmoq, tarqalib, sochilib ketmoq, parokanda boʻlmoq.
-
Qoʻylar boʻri tegganday toʻzdi.
-
Sheʼr anjumani toʻzdi, uyat soʻz aralashdi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
3. koʻchma Tarqamoq; tarqab, boʻlinib yoʻq boʻlmoq.
-
Umr oʻzadi, husn toʻzadi. Maqol
-
Gavhar xayollari toʻzib, Talʼatga oʻgirilib qaradi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Nahot shunday oson boʻlsa bu dunyoning toʻzmogʻi. T. Toʻla
4. Betartib yoyilmoq, toʻzgʻimoq, paxmaymoq.
-
Silliq qilib taralgan, koʻp diqqat va mehnat sarf qilinib oʻrilgan sochlar toʻzgan, sochilgan. A. Qahhor, Sarob
5. Eskirib, titilib ishdan chiqmoq.
-
Kengash qilgan el ozmas, Keng bichilgan toʻn toʻz-masalan Maqol
-
Menga ovqat beradi, kiyimim juda toʻzsa, kiyim qilib beradi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. koʻchma kam qoʻll. Oʻzini oldirmoq, xazon boʻlmoq, soʻlmoq.
-
Xoʻjayin aytgancha, uzilmagan gul boʻlmasa ham, ruhi, qalbi bu chirkin boʻgʻiq muhitda soʻnmagan, toʻzmagan koʻrinadi. Oybek, Tanlangan asarlar
TO‘Z so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘z so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar