to‘zim
bilan ulashing
Kishining qiyinchilik, kulfat, ogʻriq va shu kabilarga chidash qobiliyati; chidam, bardosh.
-
Toʻzim bilan oʻqimoq.
-
Qaysi bir sadaf siyna Toʻzim-la sanchib igna, Injularin birma-bir Shu shohiga qadagan? Gʻ. Gʻulom
-
Salimning kutgani chiqmadi, qoʻrgʻonda avvalgiday tinchlik, jimjitlik. Bu hol uni yana ezdi. Oxiriga qadar kutishga kuch va toʻzim sezmadi oʻzida. Oybek, Tanlangan asarlar
to‘zim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toʻzim bersin
-
— Siz hali shu yerda bir-ikki kun boʻlarsiz. Toʻzim bersin, — dedi. A. Muxtor, Chinor;
-
Qarang, bir soatga bardosh bermabsiz. Yanayam onalarimizga toʻzim bersin. Mushtum
-
Chol toʻngʻillab: — Qoʻy-ye, hamma senga oʻxshaganlar yorilib oʻlaversa, lapanglab yuradigan semizlarga toʻzim bersin-ye, — deb hazillashib qoʻyardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
Toʻzim bilmas (yoki bilmaydi)
-
Sen-chi mangu chiqaverasan, Toʻzim bilmas sendagi bardosh. Sh. Rahmon, Yurak qirralari
-
Sizning bu yaratgan moʻjiza sanʼat Yuz yil toʻzim bilmay turmoqligi rost. A. Oripov, Yillar armoni
TO‘ZIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎЗИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘zim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar