to‘zon
bilan ulashing
1. Havoga koʻtarilgan (toʻzgan) xas-xush va boshqalar mayda narsalar aralash chang.
-
Daryo qurisa ham, oʻzani qolar, Boʻron bosilsa ham, toʻzoni qolar. S. Akbariy
-
Mashinalar ketidan koʻtarilgan toʻzon kun tigʻida, osmonda bir zum kezib, keyin paxtazorga yopiriladi. A. Muhiddin, Terimchilar
2. Narsa betiga, sathiga qoʻngan, ingan shunday narsa; gard-gʻubor, chang.
-
Nikolin uning toʻzon bosgan yelkasiga ogʻalarcha qoʻlini qoʻyib: — Rahmat, Bektemir, — depti. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Oʻchoq boshida qumgʻon sharaqlab qaynab, choʻgʻ ustiga toʻkildi, bugʻ va kul toʻzoni koʻtarildi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Tegirmon yoʻlagi un toʻzoni ichiga koʻmilib, kech kuzning quyuq tumanli havosi manzarasini beradi. A. Qodiriy, Obid ketmon
to‘zon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toʻzon boʻlmoq
-
Tong otganda, dunyo toʻzon boʻladi, Har tarafdan devlar oshib keladi. Shirin bilan Shakar
Toʻzon qilmoq
-
Kelsa, mamlakatni toʻzon qiladi, Ishqirib damiga tortib oladi. Rustamxon
TO‘ZON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎЗОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘zon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar