mayda
bilan ulashing
1. Bir turdagi kichik boʻlaklardan iborat boʻlgan, yirik emas.
-
Mayda tosh. Mayda qor. Mayda qum.
-
Tashlandik tegirmonning chirik novidan suv mayda kumush tomchilarni sachratib, guvullab otiladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qora qoshlari chimirildi, sadafday mayda tishlari bilan ustki labini chaynadi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Unchalik katta boʻlmagan; kichik mayda jonivorlar. Mayda bolalar.
-
Traktorlar gurullab-varillab mayda daraxtlarni tag-tomiri bilan qoʻporib tashlar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Mavqeyi, ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyati jihatdan katta oʻrin tutmaydigan.
-
Mayda burjuaziya. Mayda savdogar.
-
Bunaqangi mayda, xashaki boylarning puli ham mayda boʻladi. K. Yashin, Hamza
4. Miqdor, son jihatdan kam boʻlgan; bir necha narsa yoki kishidan iborat boʻlgan; kichik.
-
Mayda otryadlar. Mayda millatlar.
5. koʻchma Ahamiyatsiz, qiymat jihatidan arzimas.
-
Mayda gaplar. Mayda ishlar.
-
Orada birmuncha mayda soʻzlar soʻzlangach, kimningdir uf deb yuborgani eshitildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. Tanga-chaqa va umuman yirik boʻlmagan; kichik pul.
-
Mayda pul. Besh soʻmga maydangiz yoʻqmi?
mayda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mayda qadam
-
Anna Ivanovna yosh qizlardek mayda qadam bilan dikillab kelardi. Shuhrat, Shinelli yillar
MAYDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЙДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mayda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar