murabbiy
bilan ulashing
1. aynan Tarbiyachi.
-
Rahmatilla Obidiy internatga muallim va murabbiy boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Murabbiy — bola qalbida nish ura boshlagan umid gʻunchalarining mehribon sohibidir. R. Usmonov, Odobnoma
2. Ish-faoliyatda rahbarlik, rahnamolik qiluvchi; ustoz, rahnamo.
-
Alisher Navoiy vafot etgan edi. Bobur oʻziga ulugʻ bir murabbiy topdim, deb suyunib yurganda, oʻgay taqdir uni bu madadkoridan ham judo qilgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Xosiyatxon faqat Naziraning ustozigina emas, qanchadan-qancha qiz-juvonlarning murabbiysi. Yo. Shukurov, Margʻilon goʻzali
3. Sportning muayyan turi boʻyicha yakka va jamoaviy tarzda mashqlar qildirish orqali muayyan koʻnikmalarga oʻrgatuvchi, tegishli sohadagi malaka-mahoratni oʻstiruvchi ustoz; trener.
-
Futbol jamoasining murabbiysi.
-
Murabbiyning soʻzlariga koʻra, kelishuv JAR (Janubiy Afrika Respublikasi) futboli mutasaddilari Braziliyaga kelganda amalga oshadi. Gazetadan
MURABBIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУРАББИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
murabbiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar