murdor
bilan ulashing
1. ot Harom oʻlgan mol; oʻlimtik, oʻlaksa.
-
Magar masjidda eshitmadingmukim, bechora, ahvoli tang boʻlgan odamlarga murdorni yemak haloldir, deb. A. Qahhor, Millatchilar
2. sifatdosh Harom, nopok.
-
Nomard — it kabidir, mard — buyuk daryo, Daryo it damidan hech murdor boʻlmas. Aql aqldan quvvat oladi
3. sft. koʻchma Harom-xarish yuradigan, iflos ishlardan qaytmaydigan, nopok.
-
Men balchiqda yotgan bir murdor ayolni halollab olib, savob uchun qoʻl choʻzsam xudodan qaytar, deb oʻylagandim. K. Yashin, Hamza
MURDOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУРДОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
murdor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar