xafaqon
bilan ulashing
1. Mungli, gʻamgin, xafahol.
-
Unga oʻz oʻylari chigilini yozib olishga yolgʻizlik, xafaqon qalbiga orom, nafasi boʻgʻilayotgan oʻpkasiga havo kerak edi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Teatrga borganingizda, bironta xafaqon aktyorni uchratib qolsangiz, uning dardi rol ustida boʻladi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
2. Dilsiyohlik bilan oʻtadigan.
-
Xafaqon, chalkash kunlarning birida Isfandiyorning yana ikki katta amaldori qochdi. Mirmuhsin, Choʻri
3. tibbiy Yurakning tez yoki notekis urishini sezish holati.
-
Xafaqonni davolash va oldini olish kasallikni keltirib chiqargan sabablarga bogʻliq. OʻzME
4. tibbiy Qon bosimining ortishi tufayli yuz beradigan kasallik, gipertoniya.
-
Baʼzi kishilarning aytishiga Karaganda, onam xafaqon kasaliga yoʻliqqan emishlar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
[Bemorlarning] Biri xafaqon, boshqasi sil kasaliga mubtalo, kimgadir chipqon chiqibdi. M. Qoriyev, Ibn Sino
xafaqon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xafaqon boʻlmoq
-
— Bugun seni koʻrmaganim uchun juda zerikib, xafaqon boʻlib oʻtirgan edim, — dedi Raʼno Hafizaga. Mirmuhsin, Umid
XAFAQON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАФАҚОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xafaqon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar