xafa
bilan ulashing
1. Gʻamli, qaygʻuli, hasratli.
-
U [Zulfizar] juda ham xafa, shahlo koʻzlarida nam, mungʻayib qolgan edi. K. Yashin, Hamza
-
Kumush juda xafa koʻringanlikdan, uning koʻnglini ochmoqqa toʻgʻri kelar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Ranjigan, ozor topgan, norozi; arazlagan.
-
Kimdan xafasiz? Mendan xafa boʻlmang.
-
[Vera:] Maktab bilganida, toʻyingni bir yil keyinga qoʻydirar edi. Yashirding. Hamma sendan xafa. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
xafa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xafa boʻlmoq
-
Xafa boʻlib, yoshga toʻlgandi koʻzim, Oʻlsam, oʻchar Chambildan bosgan izim. Nurali
-
— Anavi kuni mendan xafa boʻldingiz-a, — dedi u orqasiga qaramay. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ikromjon xafa boʻlmaganini bildirib iljaydi. S. Ahmad, Ufq
Xafa qilmoq
-
Agar u yerda ham uni xafa qilishsa choponini yelkasiga tashlab ketaverardi. S. Ahmad, Ufq
XAFA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАФА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xafa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar