nos
bilan ulashing
Tamakidan tayyorlanadigan va til tagiga tashlab yoki burunga iskab chekiladigan narsa.
-
Bektemir qoʻlbola nosdan bir chimdim til tagiga tashlab, keyin tupurdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Xolmirza aka ichidan: Shu gʻayrating, shu himmating boʻlsa, ikki yilda xirmontepadan aniq ayrilamiz, deb oʻylaydi, burniga nos iskab oladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
nos soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻziga nos solmoq ayn. ogʻziga tolqon solmoq
-
Ogʻzingga nos solib oʻtirasanmi, Xoliq! Gapirsang-chi! Sh. Rizo, Qor yogʻdi, izlar bosildi
Nosvoy ayn. nos
-
Qoratoy, bir tanga pul topiladimi senda. Nosvoy yoʻq, ertadan beri xumoriman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Aravakash chol nosvoy chekib, otni qamchi bilan astagina urib qoʻyadi. Oybek, Bolalik
NOS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НОС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nos so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar