qo‘sh
bilan ulashing
1. mat. Qoʻshuv amalini bajarmoq, jam qilmoq.
-
Beshni beshga qoʻshmoq.
2. Biror narsaga boshqa narsani aralashtirmoq yoki solmoq.
-
Sutga suv qoʻshmoq. Choyga shakar qoʻshmoq. Loyga somon qoʻshmoq.
-
Gulnor oʻqchib-oʻqchib soʻzladi: — Zahar Salim qoʻshgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Har bir aqli bor odam qovunga piyoz qoʻshib yeyish notoʻgʻri ekanini bilsa kerak. A. Qahhor, Munofiq
-
Daraxtlarning gullaridan sochilayotgan hidni havo bilan qoʻshib, har qancha shimirsang ham toʻymaysan, kishi. N. Safarov, Jangchi shoir
3. Boʻlak-boʻlak, alohida, mustaqil narsalardan bir butunlik hosil qilmoq, birlashtirmoq.
-
Ikki institutni qoʻshmoq. Mol-u mulkni qoʻshmoq. Soʻzlarni bir-biriga qoʻshib, gap tuzmoq.
-
Beshinchi va yettinchi sinflarni qoʻshib oʻqityapti dadam. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. Birini boshqasining yoniga, ustiga qoʻymoq, tirkamoq, tashlamoq; bir qilmoq, bir qilib qoʻymoq.
-
Xirmonga etak-etak paxta qoʻshmoq.
-
Shinel va gimnastyorkalarini yechdi-da, tugun qilib, boshqalarnikiga qoʻshdi. Oybek, Quyosh qoraymas
5. Qoʻshimcha tarzda bermoq, kiritmoq.
-
[Mirzakarimboy] Bir nafas oʻylab, yana uch soʻmlik qogʻoz va bir soʻlkavoy qoʻshib, Yoʻlchiga tashladi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. Gap, fikr va shu kabilar qoʻshimcha qilmoq; gap qistirmoq.
-
U Xadichaxonning soʻziga nimadir qoʻshmoqchi boʻldi-da, hozir aytib qolmasa, xuddi kechikib qoladigandek shoshdi. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
-
Oʻsha kuv-nok vaziyatini oʻzgartirmay, qoʻshib qoʻydi: — Oyogʻingiz ogʻrimayaptimi? S. Karomatov, Oltin qum
7. Boriga yana nimadir kiritmoq, biror narsani yana nima bilandir toʻldirmoq. ||Umrga umr qoʻshmoq. Husniga husn qoʻshmoq.
-
Hazin misralar uning dardiga dard qoʻshar edi. X. Sultonov, Onamning yurti
-
bu sayil navbahorga fayz qoʻshardi. Mirmuhsin, Meʼmor
8. Qatoriga kiritmoq, birga qilmoq.
-
[Oʻzbek oyim:] Otabekning yoniga Hasanalini qoʻshib, Margʻilonga yuboraman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu yigitni askariy mashq oʻtkazayotgan navkarlarga qoʻshing! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Ishonmasak, seni toʻdamizga qoʻshmasdik. S. Siyoyev, Yorugʻlik
9. Birga qilmoq; biriktirmoq.
-
Biri Robiyani oyoqlaridan ushlab olgan, ikkinchisi uning koʻllarini beliga qoʻshib, mahkam qisib turgan P. Qodirov, Yulduzli tunlar
10. etn. Sarpo qilmoq, sarpo, sep tariqasida bermoq.
-
Bitta xitoy jujun mursakni kam koʻrib, yoniga oʻzining qimmatbaho zarrin mursagini qoʻshgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
11. Arava, izvosh, omoch va shu kabilarni tortish uchun tegishli abzal yordamida biriktirmoq (ot-ulov haqida).
-
Hozir narigi toʻriq qashqani qoʻshaman juvozga. N. Fozilov, Oqim
-
[Yormat] Otni qoʻshgandan keyin aravaga qalin namat soldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ofitser hozir: Qoʻshga qoʻshsang ham, mayli, ishqilib oʻldirma, deb ketayotibdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
12. Ot-ulov tirkab tayyor qilmoq (arava, izvosh, omoch va shu kabilar haqida).
-
Fazliddin achchiq choyni ichib qoniqqach, izvoshni qoʻshdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U [Sidiqjon] bir kuni, tushki dam olish vaqtida, Ziyodaxonning soʻroviga koʻra, eshak-aravani qoʻshib, daryodan suv keltirgani bordi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
13. Erkak kishi bilan ayolni uylamoq, bir yostiqqa bosh qoʻydirmoq, qovushtirmoq.
-
Qirq kun toʻy qilib, qirq birinchi kechasi yigitlarni qizlarga qoʻshdilar. Ertaklar
-
[Hasanali:] Bekni uylantirdim, sevganiga qoʻshib quvontirdim! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
qo‘sh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshini qoʻshmoq
-
Bir amallab qishdan chiqsak, Polvonning ham boshini qoʻshib qoʻyarmiz. J. Sharipov, Xorazm
Qoʻshilib turgan, qoʻshilgan; qoʻshaloq narsa, qoʻshimcha.
-
Qoʻrqqanga qoʻsh koʻrinar, qoʻshmogʻi bilan besh koʻrinar. Maqol
QO‘SH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘sh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar