murakkab
bilan ulashing
1. Yechilishi, tushunilishi, bajarilishi qiyin; ogʻir, mushkul.
-
Murakkab masala.
-
Bu ish juda murakkab. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Homilaning moʻjizali rivojlanish jarayoni biologlar oldida turgan eng murakkab muammolardan biridir. Fan va turmush
-
Atoqli xalq sanʼatkori hayotning eng chigal, murakkab tomonlarini ham jonli til bilan sodda qilib tushuntira olardi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
2. Katta qiyinchiliklari boʻlgan, mashaqqatli, ogʻir.
-
Xoʻjaligimiz dehqonlari murakkab ob-havo sharoiti yuz bergan yilda bir jon-bir tan boʻlib mehnat qilib davlat topshirigʻini sharaf bilan ado etdilar. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Men bilan tengdosh boʻlgan yoshlarning oʻsmirlik hayoti juda murakkab bir vaqtga toʻgʻri kelgan edi. N. Safarov, Jasoratning davomi
3. Tarkibi bir necha (juda koʻp) unsurlardan tashkil topgan.
-
Koʻz juda murakkab optik sistema boʻlib, kishi hayotida koʻzning yaxshi koʻrishi muhimdir. Gazetadan
-
Fan va texnikaning uzluksiz rivoji hamda yangi-yangi mukammal moslama va mexanizmlar yaratilishi tufayli yanada murakkabroq EHM-lar paydo boʻla boshladi. Fan va turmush
MURAKKAB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУРАККАБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
murakkab so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar