mizanssena
bilan ulashing
fr. mise en scene – sahnada joylashish. Spektakl davomida aktyorlarning spektaklning ayrim ko‘rinishlariga mos joylashuvi. Mizanssena voqea ishtirokchilari harakatlarini, ular oʻrtasidagi munosabatlarni va asarning gʻoyaviy badiiy yechimini hal qilishda muhim vosita hisoblanadi. Mizanssena rejissyor tomonidan toʻgʻri hal etilsa, spektaklda uygʻunlik, yaxlitlik hosil boʻladi. Mizanssena orqali tomosha uslubi, janr xususiyatlari, davr ruhi, tarixiy sharoit hamda asarning rejissyorlik talqini oʻz ifodasini topadi. Aniq mizanssena tanlash jarayoni rassom ishi bilan bogʻliq boʻlib, u rejissyor bilan birgalikda spektaklning maqbul, toʻgʻri yechimini topib, sahna harakati uchun sharoit yaratadi. Har bir mizanssena aktyor tomonidan psixologik asoslangan boʻlib, tabiiy, uzviy holda ifoda etilishi lozim. mizanssena rejissyorlik sanʼatida muhim oʻringa ega, rejissyor uslubini, mahoratini namoyish etuvchi amaliy sahnaviy kompozitsiya turidir.
-
Ko‘p vaqt rejissyor tayyorlagan ssenariy badiiy ssenariyni taxminiy kadrlarga bo‘lishdan iborat bo‘lib qoladi, epizodning talqini, kartinalarning ritmasi, mizanssenalar ko‘rsatilmaydi. Gazetadan
MIZANSSENA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МИЗАНСЦЕНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mizanssena so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar