murg‘ak
bilan ulashing
1. Yangi unib chiqqan, hali quvvatga kirmagan, nozik-nihol (oʻsimlik, novda, barg va shu kabilar haqida).
-
Murgʻak gʻoʻza. Murgʻak novda. Murgʻak barg.
-
Muattar hidlarga burkangan bahor Murgʻak kurtaklarga lablarin qoʻydi. X. Rasul
2. Hali suyagi qotmagan, oʻzini tutib olmagan, nimjon (odam va jonivorlar bolasi haqida).
-
Faqat qoʻzilar, kechagina koʻz ochib, yorugʻ dunyoni koʻrgan murgʻak jonivorlargina bu dahshatdan bexabar edi. Y. Muqimov, Qizilqum pahlavoni
-
Xirurg Ahror Rahmatillayev dadillik koʻrsatdi: gʻoyat masʼuliyatli boʻlsa ham, toʻrt oylik murgʻak chaqaloqni operatsiya qildi. J. Koʻchiyev, Jonkuyar xirurg
3. koʻchma Hali yetilmagan, endi yuzaga kelgan.
-
Negadir bir varaq xat ichida ularning murgʻak sevgilariga doir bir ogʻiz ham gap yoʻq edi. Mirmuhsin, Umid
-
Sheʼring murgʻak, lekin diling soz, Nafasingda, dedingiz, oʻt bor. Zulfiya
MURG‘AK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУРҒАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
murg‘ak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar