musaffo
bilan ulashing
1. kitobiy Juda ham sof, begʻubor.
-
Musaffo osmon. Musaffo suv.
-
Yaqinginada shivalab oʻtgan yomgʻirdan keyin havo musaffo. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Toshkent qadimdan serquyosh, musaffo havoli, sersuv, unumdor tuproqli shahar sifatida shuhrat qozongan. Saodat
2. koʻchma Toza, pok.
-
[Qunduz:] Navoiydanmi? [Guli:] Ha, menga bitibdur. [Qunduz:] Musaffo ishqini izhor etibdur. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Eng mahram doʻstingiz — sizning musaffo qalbingizdir. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
musaffo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Musaffo boʻlmoq
-
Osmondagi bulutlar tarqab, havo musaffo boʻldi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Shahrimizning kumush kamarlari — kanal va anhorlari doim musaffo boʻlsin. Gazetadan;
-
Yoʻq, musaffo boʻlib sogʻayganingizdan soʻng, oʻshanda ham doktorlarning ruxsati bilan. K. Yashin, Hamza
MUSAFFO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУСАФФО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
musaffo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar