musiqa
bilan ulashing
1. Inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanʼat turi.
-
Hind musiqasi.
-
Ibn Sino sharqda sanʼat nazariyotchisi, ayniqsa, musiqa ilmining bilimdoni sifatida tez-tez tilga olinadi. Guliston
-
Oʻzbek musiqasi va qoʻshiqchiligi tarixida ochilmagan qoʻriq — estrada sanʼati edi. Gazetadan.
2. Shu sanʼatning cholgʻu bilan ijro etiladigan asari; kuy.
-
Mashshoqlar darhol Xon chiqar deyiladigan tantanavor musiqani boshladilar. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Salqin hovlidan mayin, latif musiqa va qoʻshiq eshitilar edi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
3. koʻchma Yoqimli, ohangdor ovoz(lar).
-
Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni toʻldirgan, goʻyo kechaning oʻzi kuylaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ularning oppoq, koʻrkam gullari quyosh nurida juda nafis tovlanar, sonsiz arilar va bahor qoʻngʻizlari gullar orasida uchishib, ajib musiqa tarqatardi. Oybek, Tanlangan asarlar
MUSIQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУСИҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
musiqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar