muvaffaqiyat
bilan ulashing
Biror ishda erishilgan natija, yaxshi natija; yutuq, gʻalaba.
-
Muvaffaqiyat qozonmoq. Muvaffaqiyatga erishmoq.
-
Parpixoʻja yogʻchi poyloqchilik, chaqimchilik ishining muvaffaqiyatidan gʻururlanib soʻzlab borarkan, ellikboshi uni toʻxtatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Dushman qanchalik gangitilsa, uning oʻt ochish nuqtalari qanchalik yemirib tashlansa, hujumning muvaffaqiyati shuncha muqarrar boʻladi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Latofat kandidatlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat bilan yoqlab oldi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar
MUVAFFAQIYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУВАФФАҚИЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
muvaffaqiyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar