muvofiq
bilan ulashing
1. Mos, toʻgʻri keladigan, munosib, loyiq.
-
Oʻziga muvofiq ish topmoq.
-
Qoʻqonga chopar yubormoqchi boʻldilar, bu ishning muvofiq kishisi, albatta, Hasanali boʻlganligidan chopar boʻlib belgilandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Chittak deb laqab qoʻygan kishi Nabigulga juda muvofiq laqab qoʻyibdi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
2. Monand, yarasha, mos.
-
Gapiga muvofiq javob.
3. (j. k. bilan) koʻm. vzf. Binoan, asosan, koʻra.
-
Qonunga muvofiq. Farmonga muvofiq. Anʼanaga muvofiq.
-
Ularning oʻzaro pisandalariga muvofiq yangi yerlar, chiqariladigan suvlar Teshaboyga tekin oʻtadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
muvofiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Maqsadga muvofiq
-
Darsliklarga ichish va chekishning halokatli taʼsiri haqidagi maqollar kiritilsa, maqsadga muvofiq boʻlardi. Gazetadan
-
Ahmad uning ahvoliga kulib, birmuncha savol berishni maqsadga muvofiq topdi. Gazetadan
MUVOFIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУВОФИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
muvofiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar