muvozanat
bilan ulashing
1. u* — taqqoslash; tenglashtirish; tartibli boshqarish) 1 Jismlarning qarama-qarshi yoʻnalgan teng kuchlar taʼsiridagi tinch, turgʻun holati.
-
Turkun muvozanat (fiz.). Muvozanat saqlamoq
2. koʻchma Qarama-qarshi kuchlarning, hodisalarning tenglashuvi, uygʻunlashuvi tufayli sodir boʻladigan nisbiy turgʻunlik, osoyishtalik.
-
Siyosiy kuchlar muvozanati.
-
Ahmad Sobirni isyonkor, hayotdagi bir xillikka turgʻun muvozanatga qarshi kurashchi sifatida tasavvur qilgandi. F. Musajonov, Himmat
3. Kishi qaddining toʻgʻri (meʼyoriy) turish holati, shunday holatni tutish imkoni.
-
Ot qattiq kishnab, sapchidi. Yigitali muvozanatni saqlay olmay, yonboshiga gup etib yiqildi. T. Malik, Ajab dunyo
-
Boʻgʻin-boʻgʻinlari lovullab yonmoqda. Muvozanatini ham tutib qolishga qurbi yetmayotir. J. Abdullaxonov, Toʻfon
MUVOZANAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУВОЗАНАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
muvozanat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar