namoyish
bilan ulashing
1. Biror marosim yoki bayram munosabati bilan oʻtkaziladigan, biror maqsad bilan uyushtiriladigan ommaviy yurish, harakat.
-
Elmurod, Ergash, Musa, Omon oʻsha kuni boʻlgan namoyishda saf oldida navbatma-navbat bayroqni koʻtarib bordilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Tajribada, amalda koʻrsatish, namoyon qilish.
-
Dengizga oʻxshash tep-tekis yerlarda zanjirli traktorlar oʻz qudratini namoyish qilib paroxodday suzib yurardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
3. koʻchma Biror narsani koʻrsatuvchi, namoyon qiluvchi dalil, biror narsaning mujassam ifodasi.
-
Havaskor artistlarning shahar va qishloqlarda bergan konsertlari folklor qoʻshiq va raqslarining yorqin namoyishi boʻldi. Gazetadan
NAMOYISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАМОЙИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
namoyish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar