nil
bilan ulashing
1. Baʼzi oʻsimliklardan kimyoviy yoʻl bilan ajratib olinadigan koʻk boʻyoq, oltin rang bilan tovlanadigan koʻk kristall modda.
2. yana q. Koʻzga surma, yuzga yasama xol qoʻyish uchun qoʻllanadigan mis surmachoʻp (mil V).
-
Chiroyliroq xotin-qizlarni va yosh oʻgʻlonlarni choʻmiltirganda, juda katta ahamiyat berilar qoshlari terilar, koʻzlariga surma va yuzlariga nil bilan yasama xollar qoʻyshshr edi. S. Ayniy, Qullar
3. yana q. Maʼlum bir narsaning uchi (mil I).
-
Yusupov miltiqning nilini osmonga qaratdi-da, tepkini bosdi. Yorugʻ osmon gumburlab ketdi. M. Hazratqulov, Jurʼat
nil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻyoqchining nilimi?
-
— Daraxt oʻstirish boʻyoqchining nili emas, — dedi Komiljon. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
NIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar