nima
bilan ulashing
1. Predmet, voqea-hodisa haqida soʻroqni ifodalaydi.
-
Bu nima? Nima yangilik bor? Sizga nima kerak edi? Otingiz nima.
-
Toshkentdan nimalar keltirdingiz, bek aka? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Ritorik soʻroq gaplarda inkor maʼnosini bildiradi.
-
Dunyoni suv bossa, oʻrdakka nima qaygʻu? Maqol
-
Yurt ishiga gʻamxoʻrlik qiladigan odamlar bor. Sanlarga nima. Oybek, Tanlangan asarlar.
3. Belgi haqida soʻroqni bildiradi; qanday?
-
Nima gunoh qildim? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Margʻilonga nima yumush bilan kelgan edingiz? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Qarindoshlik munosabatlari maʼnosida kim oʻrnida ishlatiladi.
-
U mening nimam boʻladi? Siz Karimning nimasi boʻlasiz?
5. Soʻroq gaplarning boshida umumiy soʻroqni bildiruvchi soʻz-gap sifatida kelib, soʻroqni kuchaytiradi, taʼkidlaydi.
-
Nima, madrasani bitirtirib, machitga imom qilasizmi? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— Nima, biron narsa tushib qoldimi? — beparvo soʻradi Salim. Oybek, Tanlangan asarlar
nima soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nima boʻldi?
-
Unga nima boʻldi?;
-
Ish nima boʻldi? Nima gap? Voqea nimadan iborat?
Nima uchun?
Nima qilaman (yoki qilasan, qiladi)
-
Men buni nima qilaman? Nima qilasan yolgʻon gapirib?
-
Xoʻsh, u [Yoʻlchi] tentakni qutqazib nima qilasan, jiyan? Oybek, Tanlangan asarlar
Nima qildi?
-
Sizga nima qildi?
Nima qilay
-
Gapga koʻnmasa nima qilay.
Bir nima
Nimasi?
-
Kanizak bilan oʻynashganing oʻynashgan, Sidiqjonning xotinini chaqirtirib, ikkovini urishtirganing, Anzirat xola bechorani urdirganing nimasi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
Nimasini aytasan (yoki aytasiz)
NIMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НИМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nima so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar