o‘tkaz
bilan ulashing
1. Oʻtmoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Mashinani koʻprikdan oʻtkazmoq. Unni elakdan oʻtkazmoq. Metall elektrni va issiqlikni yaxshi oʻtkazadi. Majlis oʻtkazmoq. Vaqtni ish bilan oʻtkazmoq. Oʻz nomiga oʻtkazmoq. Xayolidan oʻtkazmoq. Toʻyni oʻtkazmoq. Alam oʻtkazmoq.
2. Ekmoq (koʻchat, qalamcha haqida).
-
Koʻchat oʻtkazib, bogʻ qilish — ulugʻ savob. Gazetadan
-
Biri ariq qazir, yer haydar, Biri gul oʻtkazar bogʻiga. H. Olimjon
3. Oʻtirgʻizmoq, choʻktirmoq.
-
Bektemir oʻz oldiga Zinani oʻtkazdi. Oʻzi ham chordana qurdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Yusufbek hoji kundosh orasi buzilib, oʻrtadan soʻz chiqqanini eshitsa, ikkala kelinni oʻz oldiga chaqirtirib, ularni qator oʻtkazar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Baʼzi soʻzlar bilan birikib, shu soʻz bildirgan ish-amalni amalga oshirmoq, olib bormoq, qilmoq maʼnosini bildiradi.
-
Mashgʻulot oʻtkazmoq. Shanbalik oʻtkazmoq. Majlis oʻtkazmoq. Tajriba oʻtkazmoq.
-
Urush veteranlari yigʻilishib, kengash oʻtkazib, Xurramovni oʻz kengashlarining raisi qilib sayladilar. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
o‘tkaz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burnidan ip (yoki sim) oʻtkazib olmoq
Qilichdan oʻtkazmoq
O‘TKAZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎТКАЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘tkaz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar