o‘tkir
bilan ulashing
1. Yaxshi kesadigan; keskir.
-
Oʻtkir qaychi. Oʻtkir ustara. Oʻtkir pichoq.
-
Ali tajangning koʻzlari yana oʻynab ketdi. Qani, qoʻlida oʻtkir boltasi boʻlsa-yu, eng adil bir daraxtni kesib, yelkaga olib joʻnasa! Oybek, Quyosh qoraymas
-
Mutalning birinchi harakati boʻshga ketdi-da, chap biqiniga oʻtkir xanjar gʻarchcha botirildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Uchi nayzalangan; uchli.
-
Oʻtkir bigiz. Oʻtkir nayza. Oʻtkir uchli qalam.
3. Taʼm bilish, hidlash, eshitish va boshqalar sezgi aʼzolariga kuchli taʼsir etadigan, kuchli.
-
Oʻtkir ovoz. Tuzi oʻtkir ovqat. Quyoshning oʻtkir nuri kuydirmoqda.
-
Bu ariqchalar boʻyida oʻtkir hidli qoramtir yalpizlar oʻsgan. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Achchiq, oʻtkir tamakidan boshi gir aylanib, koʻzlari yoshlandi-da, yoʻtala-yoʻtala yurib ketdi. Oybek, Nur qidirib
-
Och qoringa tushgan oʻtkir may viz ettirib, meʼdani qaynatdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. koʻchma Ruhiy va boshqalar jihatdan taʼsir darajasi, kuchi yuqori; kuchli.
-
Oʻtkir asar.
-
Oʻtkir hajviy kulgi bilan sugʻorilgan bu gaplar OʻTA
-
Sharif Rizayev oʻzining oʻt-kir, tanqidiy, hujumkor maqolalarida eskilik sarqitlarini ayovsiz tanqid qildi. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
5. Qobiliyatli, imkoniyati yuqori darajali.
-
Aqli oʻtkir. Zehni oʻtkir.
-
Gilamlarga oʻzgacha joziba bagʻishlagan qizlarning chevar qoʻllari, oʻtkir koʻzlari, nozik didlari Saodat
-
Nizomiddinovning qulogʻi oʻtkir edi. Tevarak atrofni butun vujudini quloq qilib eshitar edi. N. Safarov, Olovli izlar
6. Kasb-hunar, bilim va shu kabilarda yuqori darajaga ega boʻlgan, yuqori saviyali; kuchli.
-
Yusufjon aka Fargʻona vodiysining eng oʻtkir oʻyinchi ustozlaridan koʻp raqslarni oʻrgangan edi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Botirali toʻqay oralab borar ekan, garchand oʻzi oʻtkir ovchi boʻlsa ham, ana shunday ov gashtini oʻylamadi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
— Bu masterovoylaring juda oʻtkir xalq boʻlar ekan-da? — dedi chol. Oybek, Tanlangan asarlar
7. Oʻtkir (erkaklar ismi).
O‘TKIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎТКИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘tkir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar