o‘tli
bilan ulashing
1. Yonib, nur sochib turadigan.
-
Bulutlarga oʻragan Quyosh oʻtli yuzini. Gʻayratiy
-
Uzoqda qop-qorayib, yarim osmonni toʻsib turgan adirning ustida, ufqda oʻtli iz qoldirib, yulduzlar uchadi. A. Qahhor, Maston
2. koʻchma Olov purkaydigan; olovli.
-
Joʻraxon xotirasini oʻtli front yoʻllarida jang qilgan komandirlari va jangchi doʻstlari ham unutganlari yoʻq. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
3. koʻchma Zoʻr haroratli; qaynoq.
-
Issiq quchoq, oʻtli boʻsadan Tomiringda joʻsh urgan-da qon Uygʻun
-
boya shu eshik oynasidan iztirob bilan qaraganini eslab, badaniga oʻtli hayajon yugurdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Olimjonning oʻtli nafasi Oyqizning yuzini isitardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
4. koʻchma Gʻayrat-shijoatli, yuragida oʻti bor.
-
Oʻtli yigit.
-
Ayniqsa Hasan Rahmat ajoyib oʻtli bir yoshdir. A. Qodiriy, Obid ketmon
Oʻt, koʻkat bilan qoplangan.
-
Oʻtli dalalar. Oʻtli sohil.
O‘TLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎТЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘tli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar