o‘xsha
bilan ulashing
1. Xususiyat, xislat, tuzilish va boshqalar belgisi bilan bir xillikka (oʻxshashlikka) ega boʻlmoq; oʻxshash boʻlmoq.
-
Bola otasiga oʻxshaydi. Bu suyuqlik moyga oʻxshaydi. Ular bir-biriga oʻxshamaydi. Mol egasiga oʻxshamasa, harom oʻladi. Maqol
-
Chirchiq boʻyi qishloqlaridagi uylar bir-biriga oʻxshaydi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
domla sochlarini boʻyatibdilar! Azbaroyi xudo, kuya tushgan poʻstakka oʻxshaydi. A. Qahhor, Toʻyda aza
2. Joʻnalish kelishigi shaklidagi soʻz bilan shu soʻz anglatgan narsa haqidagi taxminni, taxminiy tasavvurni bildiradi; boʻlib koʻrinmoq.
-
Ahvoli chatoqqa oʻxshaydi. Yur, bir aylanib kelamiz, zerikkanga oʻxshaysan. Bugun kun qattiq isiydiganga oʻxshaydi.
-
Gapiga qaraganda, xursandga oʻxshaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. s.t. Koʻngildagidek boʻlmoq. oʻrinlamoq.
-
Ish uncha oʻxshamadi. Osh juda oʻxshabdi.
4. ravishdosh sifatdosh harakat nomi shaklida (— oʻxshab, oʻxshagan, oʻxshash) koʻm. vzf. Qiyos, oʻxshatish munosabatlarini ifodalaydi; kabi, singari.
-
Podadan qochgan buzoqqa oʻxshab, duch kelgan eshikka boshingni tiqaverasanmi?! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yaqinroq borib qarasa, uning boshi qiyshaygan, chekkasidan uvadaga oʻxshagan bir narsa chiqib turibdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Erlar sevingandan kulsalar, sizga oʻxshash qizlar yigʻlaydilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
O‘XSHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎХША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘xsha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar